Binora Qurilish CRM

Turar-joy majmualari uchun CRM

Shaxmatkadan shartnomagacha — sotuvning yagona tizimi

Binora qurilish kompaniyasining sotuv bo'limini boshqaradi: xonadon holati, bron, shartnoma, to'lov grafigi va qarzdorlik bitta bazada yuritiladi. Har kompaniyaning ma'lumoti bazaning o'zida ajratilgan.

Demo 20–30 daqiqa · sizning majmuangiz va narxlaringiz bilan

Shaxmatka: xonadon holati barcha sotuvchida bir vaqtda yangilanadi
Ma'lumot bazada ajratilgan
SIP telefoniya ulanadi
Rollar va ruxsatlar
O'zgarishlar tarixi

Muammo

Tarqoq ish tartibi kompaniyaga qimmatga tushadi

Excel, WhatsApp va qog'oz jadval bir-birini bilmaydi. Ikki sotuvchi bitta xonadonni va'da qiladi, qarzdorlar ro'yxati esa kimningdir daftarida qoladi.

Hozir

  • Excel shaxmatka — har sotuvchida o'z nusxasi
  • Bron WhatsApp guruhida kelishiladi
  • To'lov jadvali qo'lda yoziladi
  • Qarzdorlar ro'yxati oyda bir marta yig'iladi
  • Qo'ng'iroq va kelishuv hech qayerda qolmaydi

Binora bilan

  • Bitta shaxmatka — hammaga bir xil, real vaqtda
  • Muddatli bron, muddati o'tsa xonadon o'zi bo'shaydi
  • Grafik shartnoma bilan birga hisoblanadi
  • Qarzdorlik har kecha qayta hisoblanadi
  • Qo'ng'iroq, SMS va izoh mijoz kartasida qoladi

Imkoniyatlar

Sotuv bo'limining butun ishi

Bo'limlar alohida dastur emas: xonadon bron qilinganda shartnoma, to'lov grafigi va statistika o'zi yangilanadi.

Shaxmatka

Butun majmua bitta ekranda. Xonadon rangi holatini aytadi, ustiga bosilsa narxi, maydoni va planirovkasi ochiladi.

Bron

Muddatli bron: tugashiga oz qolganda ogohlantiradi, muddati o'tsa xonadon o'zi bo'shaydi va yana sotuvga chiqadi.

Shartnoma

Boshlang'ich to'lov, oyliklar va kalit topshirishdagi qoldiq — grafik shartnoma tuzilganda o'zi hisoblanadi.

To'lovlar

Har to'lov grafikka navbati bilan taqsimlanadi — qaysi oy yopilgani va qanchasi qolgani o'zidan ko'rinib turadi.

Qarzdorlik

Kechikkan to'lovlar har kecha qayta hisoblanadi va undirish voronkasiga tushadi — ro'yxatni hech kim qo'lda tuzmaydi.

Sotuv voronkasi

Lidlar bosqichma-bosqich. Har karta ichida yozishma, qo'ng'iroq, topshiriq, SMS va shartnomaga o'tish tugmasi.

Qo'ng'iroqlar

Brauzerdagi telefon. Mijoz qo'ng'iroq qilsa kartasi o'zi ochiladi, suhbat yozuvi o'sha kartada qoladi.

SMS va Telegram

Shartnoma, to'lov va eslatma xabarlari shablon bo'yicha yuboriladi; Telegram yozishmasi ham shu kartada ko'rinadi.

Rollar

Har lavozimga o'z ruxsati: kim narxni o'zgartira oladi, kim shartnoma tuzadi, kim faqat ko'radi.

Ish tartibi

Lid kelgandan kalit topshirilgunicha

To'rt bosqich, bitta yozuv. Har bosqichda kiritilgan ma'lumot keyingisiga o'zi o'tadi — hech narsa qaytadan yozilmaydi.

  1. 01

    Lid

    Qo'ng'iroq, Telegram yoki sayt so'rovi voronkaga karta bo'lib tushadi va mas'ulga biriktiriladi.

  2. 02

    Bron

    Sotuvchi shaxmatkadan xonadonni muddatli bron qiladi; xonadon o'sha soniyada hamma uchun band bo'ladi.

  3. 03

    Shartnoma

    Shartlar kiritiladi, to'lov grafigi hisoblanadi, shartnoma hujjati tayyor holda chiqadi.

  4. 04

    To'lov va nazorat

    Kelgan pul grafikka yopishadi, kechikkani qarzdorlikka tushadi, statistika kunlik yangilanadi.

CRM Pipeline

Lid bosqichdan bosqichga o'tadi

Karta ichida yozishma, qo'ng'iroq, topshiriq va SMS turadi. Karta ko'chganda ustun hisobi ham o'sha zahoti o'zgaradi.

Sotuv voronkasi: kartalar bosqichlar orasida ko'chadi
  • Bosqichlar va ularning tartibi kompaniya o'ziniki bo'ladi
  • Har kartada mas'ul, summa va keyingi aloqa sanasi
  • Shartnomaga o'tish kartaning o'zidan

Shartnoma va to'lov

To'lov grafigi qo'lda yozilmaydi

Shartnoma summasi boshlang'ich to'lov, oyliklar va topshirishdagi qoldiqqa bo'linadi. Keyin har kelgan pul shu grafikka navbati bilan yopishadi.

  • Chegirma, muddat va to'lov kuni har shartnomaga alohida
  • Shartnoma hujjati tayyor holda chiqadi
  • Har o'zgarish kim tomonidan qilingani yozib boriladi
Shartnoma grafigi: 540 000 000 = 150 000 000 + 12 × 12 500 000 + 240 000 000

Undirish

Kechikkan to'lov o'zi ko'rinadi

Har kecha barcha shartnomalar qayta hisoblanadi. Muddati o'tgani undirish voronkasiga karta bo'lib tushadi — mijozning ismi, raqami va qancha kechikkani bilan.

  • Qo'ng'iroq va SMS kartaning o'zidan — boshqa bo'limga o'tilmaydi
  • Qarz yopilsa karta o'zi «to'lov qildi» bosqichiga o'tadi
  • Suhbat va to'lov tarixi kartada saqlanib boradi
Undirish ro'yxati har kecha qayta hisoblanadi

Xavfsizlik va nazorat

Ma'lumot kompaniyaniki bo'lib qoladi

Yirik quruvchi eng avval shuni so'raydi: kim ko'radi, kim o'zgartiradi va o'zgarishni keyin qanday tekshiraman.

Ajratilgan ma'lumot

Har kompaniyaning qatorlari bazaning o'z darajasida ajratilgan. So'rov qanday yozilishidan qat'i nazar, bir kompaniya ikkinchisiniki ko'ra olmaydi.

Rollar va ruxsatlar

Sotuvchi, ROP, buxgalter va rahbar — har biri o'z doirasini ko'radi. Narxni o'zgartirish yoki chegirma berish alohida ruxsat.

O'zgarishlar tarixi

Narx, shartnoma va xonadon holati o'zgarsa — kim, qachon va nimani o'zgartirgani yozib boriladi.

Zaxira nusxa

Baza muntazam zaxiraga olinadi. Yirik kompaniya uchun alohida server va o'z domeni bilan joylashtirish mumkin.

Joriy etish

Ishga tushirish — bir necha kun

Majmuani biz yuklaymiz va xodimlar bilan birga sozlaymiz. Sizdan mavjud ro'yxat va bir necha soat vaqt kerak.

  1. 1-kun

    Majmuani yuklaymiz

    Bino, qavat, xonadon, maydon, narx va planirovkalar — mavjud ro'yxatingizdan.

  2. 1-kun

    Xodimlarni qo'shamiz

    Har lavozimga o'z ruxsati: sotuvchi, ROP, buxgalter, rahbar.

  3. 2-kun

    Sotuvni boshlaysiz

    Bron, shartnoma va to'lov grafigi shu kunning o'zida ishlaydi.

  4. keyin

    Nazorat qilasiz

    Qarzdorlik, tushum va xodimlar kesimidagi statistika — kunlik.

Tariflar

Majmua hajmiga qarab

Narx xonadonlar va xodimlar soniga bog'liq, shuning uchun uni qo'ng'iroqda aytamiz — ortiqcha narsa uchun to'lamaysiz.

Boshlang'ich

Bitta majmua sotayotgan kichik jamoa uchun.

  • Shaxmatka va katalog
  • Bron va shartnoma
  • To'lov grafigi va qarzdorlik
  • Rollar va ruxsatlar
So'rov qoldirish
Ko'p tanlanadi

Biznes

Sotuv bo'limi va bir nechta majmuasi bor kompaniyaga.

  • Boshlang'ichdagi hamma narsa
  • Sotuv voronkasi va topshiriqlar
  • SMS, Telegram va qo'ng'iroqlar
  • Showroom va statistika
Demo olish

Korxona

Filiallari va o'z talablari bo'lgan yirik quruvchiga.

  • Biznesdagi hamma narsa
  • Filiallar va bo'limlar
  • Alohida server va integratsiyalar
  • Shaxsiy yordam xodimi
Bog'lanish

Ko'chirish, sozlash va xodimlarni o'rgatish — narxning ichida.

Savollar

Ko'p so'raladiganlari

Ma'lumotlarimizni boshqa kompaniya ko'ra oladimi?

Yo'q. Har kompaniyaning ma'lumoti bazaning o'zida ajratilgan — so'rov qanday yozilishidan qat'i nazar, bir kompaniya ikkinchisining qatorlarini o'qiy olmaydi. Ichkarida esa xodim faqat lavozimiga berilgan ruxsat doirasini ko'radi.

Hozirgi Excel shaxmatkamizni ko'chira olamizmi?

Ha. Majmua, binolar, qavatlar, xonadonlar, maydonlar va narxlarni biz yuklab beramiz — sizdan mavjud ro'yxat kerak. Sotilgan xonadonlar va amaldagi shartnomalar ham ko'chiriladi.

Telefon tizimimiz ulanadimi?

Ha, SIP orqali. Kiruvchi qo'ng'iroq mijoz kartasini o'zi ochadi, chiquvchisini brauzerdan qilish mumkin, suhbat yozuvi esa o'sha kartada qoladi.

Bir nechta majmuamiz bor — hammasi bitta tizimda bo'ladimi?

Ha. Har majmua o'z shaxmatkasi va narxi bilan alohida turadi, statistika esa ham har biri bo'yicha, ham umumiy ko'rsatiladi.

Xodimlar o'rganib keta oladimi?

Tizim sotuvchining kundalik ishiga qarab qilingan: xonadonni bosasiz, bron qilasiz, shartnoma tuzasiz. Ishga tushirishda xodimlar bilan birga o'tiramiz va savollar tugaguncha yordamlashamiz.

Tizim qaysi tilda ishlaydi?

Interfeys hozircha o'zbek tilida. Rus tili ustida ish ketyapti — sahifadagi ekran namunalari shuning uchun o'zbekcha: sayt mahsulotning haqiqiy ko'rinishini ko'rsatadi.

Internet uzilib qolsa nima bo'ladi?

Ma'lumot serverda turadi, kompyuterda emas — ulanish tiklanganda hammasi joyida bo'ladi. Bir vaqtda bir necha sotuvchi ishlasa ham, o'zgarish hammasiga darhol yetib boradi.

Majmuangizni ko'rsating — shaxmatkasini yig'ib beramiz

Demo 20–30 daqiqa. Sizning xonadonlaringiz va narxlaringiz bilan ko'rsatamiz, umumiy taqdimot emas.